Al-Qoida (arabcha القاعدة – „asos“)sunniyjihodchi harbiy tashkilotlarning xalqaro birlashmasidir. Uning ildizlari1989 yiliSovet qurolli kuchlariningAfgʻonistondan olib chiqilishi bilan mamlakatda kuch yigʻa boshlagandiniyfundamentalistlar va ularning homiylari(Usoma bin Lodin va boshqalar)ga borib taqaladi.[4] Al-Qoidaning dasturigamusulmon oʻlkalarda xorijiy taʼsirlarga chek qoʻyish va yangi islomiyxalifalik yaratish kiradi.
„Al-Qoida“ tashkiloti1980-yillar oxirida tashkil etilgan.1998-yilAQShningTanzaniya vaKeniyadagi elchixonalaridagi portlashlar va2001-yil 11-sentyabridaNyu-Yorkdagi teraktlardan soʻng „Al-Qoida“ jahondagi eng yirik va qudratli terrorchilik tashkiloti sifatida koʻrila boshlandi. Tashkilot asoschisiUsoma bin Lodin2011-yil mayidaPokistonda yoʻq qilingan. Uning oʻlimdan soʻngAyman az-Zavahiri tashkilot yetakchisiga aylangan.[5] 2022-yilning 31-iyulida az-ZavahiriyKobulda AQSh dron hujumi natijasida oʻldirildi.[6]