Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Aksiz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aksiz (fransuzcha:accise — qirqib olmoq) — kengisteʼmol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimchasoliq turi. Muayyan tovar (muhim isteʼmol tovarlari:qand,gugurt,tuz,tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan maʼlum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksizdavlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qadimgiRimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan.Oʻzbekistonda1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgantamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan[1].

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Aksiz&oldid=5483818" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp