Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Akmal Ikromov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada shunday familiyali boshqa shaxslar haqida ham maqolalar mavjud, qarang:Ikromov.
Akmal Ikromovich Ikromov
 Oʻzbekiston SSRKommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining Bosh kotibi
Mansab davri
1929-yil – 1937-yilgacha
OʻtmishdoshiIsaak Zelenskiy
VorisiUsmon Yusupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi1898
Toshkent,Sirdaryo viloyati,Rossiya imperiyasi
Vafoti15.03.1938
Moskva,RSFSR,SSSR
Mukofotlari

Akmal Ikromovich Ikromov (1898-yil,Toshkent –1938-yil15-mart) – davlat va siyosat arbobi.Oʻzbekiston hukumat rahbarlaridan biridir.

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Ikromov Akmal1898-yilToshkent shahrining Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidanfors vaarab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent shahrida oʻqituvchi (1918-1919), „Izchillar toʻdasi“ va „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921-1922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan.1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oʻqidi.1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Oʻzbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr –1937-yil sentyabr).1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashiningO’rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi,1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod. OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi (1925-1937).

A. Ikromov 1919—1924-yillarda imkoniyati doirasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. U mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, xususan paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurulishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiya asarlar yozgan. Ikromov oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. 1925—1927-yillarda oʻn sakkizlar guruhi, inogʻomovchilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan. Stalinning birinchi 5 yillik rejasi davomida A. Ikromov Oʻzbekistonda Islom diynini yoʻqotish va ateizmni targʻib qilishning eng asosiy yetakchisi boʻlgan[1]. Oʻzbekistonda yer-suv islohati, majburiy jamoatlashtirish, respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va boshqa tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni „burjua millatchiligi“ da ayblagan. Ikromov garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa-da, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmadilar. 1937-yil sentabrda Toshkentda qamoqqa olindi. Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblanadi vaKommunarkada otib tashlanadi.

1957-yil3-iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi A. Ikromovni aybsiz deb topdi va u oqlandi. Ikromov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shahridagi tumanga, yirik koʻchaga, mahallalar va maktablarga uning nomi berilgan. Toshkent vaSamarqandda haykali oʻrnatilgan[2].

Repressiya

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Akmal Ikromov1937-yil20-sentyabrda hibsga olingan va soʻroq paytida oʻz aybiga iqror boʻlgan[3].

Akmal aksilinqilobiy terroristik tashkilotda ishtirok etishda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilingan. Baʼzi manbalarga koʻra,1938-yil 13-martda, boshqalarga koʻra, 15-martda „Kommunarka“ poligonida qatl etilgan.

Oilasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Ikromovning birinchi rafiqasi Boy Ibrohimxoʻjaning qizi Hanifa boʻlgan. Ularning bir nafar Anvar (ikkinchi ismi Urgut) ismli oʻgʻli bor edi.

Uning ikkinchi rafiqasi Moskva shifokorining qizi Yevgeniya Lvovna Zelkinadir (1900-1938). U yahudiy boʻlgan. Qizil professorlar instituti bitiruvchisi, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissarining oʻrinbosari va Kommunistik partiyaning agrar instituti Sharqiy boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. „Na agrarnom fronte“ jurnali tahrir hay’ati aʼzosi boʻlgan. Zelkina1930-yil „Ocherki po agrarnomu voprosu v Sredney azii“ kitobini yozgan. Eri Akmal Ikromov hibsga olinganidan keyin qatagʻon qilingan va1938-yil28-martda oʻlimga hukm qilingan. Ularning oʻgʻli Komil Ikromov yozuvchi boʻlgan[4].

Mukofotlar va unvonlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Akmal IkromovLenin ordeni bilan taqdirlangan.

Xotirasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1972-yilgacha Gʻijduvon shahriga Akmalobod nomi berilgan.

Sovet davrida bu nomSamarqanddagi Oʻzbekiston SSR madaniyat va sanʼat tarixi davlat muzeyiga berilgan.

Toshkent shahrida Akmal-Ikromov tumani (1977-2005) mavjud boʻlib, Uchtepa tumani deb nomlanadi.

Ikromovo qishlogʻi va Ikromovskiy tumani hozirgiJuma shahri vaPast Dargʻom tumanidir.

Samarqand viloyatining Loish qishlogʻi Akmal Ikromov nomida boʻlgan.

Samarqandda Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi avval Akmal Ikromov koʻchasi deb atalgan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. To Moscow, Not Mecca: The Soviet Campaign Against Islam in Central Asia, 1917-1941. 
  2. OʻzME
  3. Xlevnyuk O. V. Xozyain. Stalin i utverjdenie stalinskoy diktaturi. – M.:РОССПЭН, 2012. – S. 230. –ISBN 978-5-8243-1314-7
  4. „Сталинские расстрельные списки“ (deadlink). 2018-yil 18-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
Oʻzbekiston SSR KP Birinchi kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
vaqtinchalik rahbarlarqiya yozuvda yozilgan
Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi yetakchilari (1923—1991)
Oʻzbekiston SSR bayrogʻi
Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi 1-kotiblari
Otib o‘ldirilgan
Ozodlikdan
mahrum etish
25 yil
20 yil
15 yil
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Akmal_Ikromov&oldid=5682713" dan olindi
Turkumlar::

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp