Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Akko

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Akka – Oʻrta dengiz sohilidagi shahar. Isroil davlatida. Qadimda Akko deb atalgan. Janubiy Finikiyaning yirik savdo markazi boʻlgan. Ilk bor mil. av. 15-asr ga oid manbalarda zikr qilinadi. Mil. av. 8–4-asrlarda A. Tir shahar davlati, mil. av. 3-asrda esa Ptolemeylar tasarrufida boʻlib, Ptolemaida deb atalgan. Mil. av. 2–1-asr boshlarida sa-lavkiylarga, mil. av. 63 yildan Rimga tobe boʻlgan. 638 yil arablar egallagan, 1104-87 va 1191-1291-yillarda salibchilar qoʻl ostida boʻlgan. 1516–1918-yillarda Us-monli turk saltanati tarkibida. 1799-yil A. (u paytda Sen-Jan-d’Akr deb atalgan) Napoleon Bonapart armiyasining 3 oylik qamaliga bardosh berib, dushmanni chekinishga majbur qilgan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
GeografiyaGeografiyaga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Akko&oldid=4301334" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp