Akademiya (grekcha:Ἀκαδήμεια,lotincha:Academia — afsonaviy qahramon Akadem nomidan) — koʻpgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlarining nomi. Mil. avv. 4-asrda Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi (qarangPlaton akademiyasi),Afina yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida Akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar 8-9-asrlarda tarkib topa boshlagan. Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809)da "Bayt ul-hikmat“ ("Hikmat xonasi“)ga asos solinib, xalifa Maʼmun hukmronligi davri (813- 833)da „Bayt ul-hikmat“ning faoliyati yanada rivoj topgan, uningrasadxonasiva katta kutubxonasi boʻlgan (buyuk matematikAl-Xorazmiy va astronomAhmad al-Fargʻoniy 253 shu yerda ishlagan). Mashhur olim vashoir Ibn Hamdon (935-yil vafot etgan) Mosul shahrida ku-tubxonali „Dor ul-ilm“ („Ilm uyi“) ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol boʻlgan. Bunday Alar Bagʻdodda, shuningdek Misrda ham ochilgan. 1004-yilda Urganchda Mamun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu Akademiyaning rahbari boʻlgan (bu Akademiya doirasidaAbu Ali ibn Sino, faylasufAbu Sahl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqa ish olib borishgan).Amir Temur tomonidanSamarqandda toʻplangan olim, yozuvchi va meʼmorlar XV asr fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshganlar. Ulugʻbek ma-drasasi va rasadxonasi ham oʻz davrining Akademiya sidir (qarangUlugʻbek akademiyasi); bu akademiyaQozizoda Rumiy,Koshiy,Ali Qushchi va boshqa buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. XV asrning 2-yarmida ilmiy va madaniy mar-kazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va boshqalardan tarkib topgan oʻziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabinnoʻrta asr Sharqida davlat tomonidan taʼsis etilgan birinchi badiiy akademiya deb hisoblash mumkin (Behzod shu Akademiyaning eng yirik vakilidir). XV va XVI asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar Akademiya deb atala boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yoʻnalishida boʻlgan. XVII asrda bir qancha ilmiy jamiyatlar — akademiyalar tuzilib, ular asosan tabiatshunoslik masalalari bilan shugʻullangan. XVII asrning 2-yarmidan davlat hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi akademiyalar tuzildi; mas, Lon-dondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar Akademiyasi (1666), Berlindagi Prussiya Fanlar Akademiyasi (1700), Peterburg Fanlar Akademiyasi (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi fanlar akademiyasi yoki ularga oʻxshash muassasalar koʻp mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning koʻplarida fan yoki madaniyatning biror tarmogʻini qamragan soha Akademiya lari ham mavjud. OʻzbekistondaOʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi; Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi ham mavjud. Oʻzbekiston va baʼzi mamlakatlardagi ayrim oliy oʻquv yurtlari ham Akademiya deb ataladi (Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Rossiyadagi K. Akademiya Timiryazev nomidagi Moskva Qishloq xoʻjalik Akademiyasi). Shuningdek respublikamizdaDavlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ham faoliyat yuritadi. Mamlakatlar Fanlar Akademiyasi haqida shu mamlakat Fanlar Akademiyasi haqidagi alohida maqolalarga qarshi emas,Avstriya Fanlar akademiyasi, Ukraina Fanlar akademiyasi[1].
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil