Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Aholi zichligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Turli mamlakatlarda aholi zichligi (kishi/km2), 2006

Aholi zichligi birlik maydon yoki hajmdagiaholi miqdoridir. U muhim geografik tushunchalardan biri hisoblanadi[1]. Har qanday tirik organizmlar uchun tushunilishi ham mumkin, biroq aholi zichligi deganda asosan faqatodamlar joylashuvi nazarda tutiladi.

Aholi zichligi – muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki biror hudud (viloyat, tuman) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odamlar yashaydigan quruqlikda oʻrtacha aholi zichligi 1 km² ga qariyb 39 kishiga toʻgʻri keladi (1990-yillar boshi), masalan, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada aholi zichligi juda past – 1 km² ga 2,3 kishi,Mongoliyada – 1,4 kishi (1992). Choʻl va baland togʻlarda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasida aholi 3.1 km² ga 8,7 kishi (1990). Oʻzbekistonda aholi zichligi bir km² ga 54,7 kishi toʻgʻri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydonini egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan[2].

Jahon aholisi 7 milliarddan oshiq,[3]Yerning jami maydoni (suv va quruqlik bilan birga) – 510 million kvadrat kilometr[4]. Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi – 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). BundaAntarktida ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi – 50 kishi/km2[1]. Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hokazo) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. 1,01,1Matt RosenbergPopulation Density (Wayback Machine saytida 2017-02-01 sanasidaarxivlangan). Geography.about.com. March 2 2011. Retrieved on 2011-12-10.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. U. S. & World Population Clocks. Census.gov. Retrieved on 2011-12-10.
  4. World (Wayback Machine saytida 2010-01-05 sanasidaarxivlangan). CIA World Handbook


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


GeografiyaGeografiyaga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Aholi_zichligi&oldid=5287290" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp