| Hamdamova Afruza | |
| Hamdamova Afruza Akbarovna | |
2022-yildagi 44-Shaxmat Olimpiadasi | |
| Tugʻilgan sanasi: | 25-fevral2009-yil (2009-02-25) (16 yosh) |
| Tugʻilgan joyi: | Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani |
| Unvoni: | WIM |
| Maksimal reytingi: | 2330 |
| Hozirgi reytingi : | 2330 |
| Mukofotlari: | |
| ' | |
Hamdamova Afruza (2009-yil 25-fevral,Sariosiyo tumani,Oʻzbekiston) –Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollari terma jamoasi aʼzosi[1]. Shuningdek, bir necha karra Jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempioni, ayollar xalqaro ustasi[2][3], 2024-yil 15 yoshida xalqaro usta (IM) normasini bajargan[4].
Afruza Hamdamova 4 yoshidan shaxmatni oʻrgana boshlagan. 5 yoshga toʻlganda turli xil musobaqalarda ishtirok etishni boshlagan. Shu bilan birgalikda u Butunjahon44-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida ishtirok etdi va Paragvay terma jamoasi bilan boʻlgan bahsda qarshi jamoa vakilini 3:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun PrezidentShavkat Mirziyoyev tomonidanKelajak bunyodkori medali bilan taqdirlangan[5]. 2023-yil noyabr oyidaItaliyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Afruza Hamdamova 14-yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida birinchilikni qoʻlga kiritdi[6]. Bu natija bilan u Oʻzbekiston tarixida jahon chempionatida gʻolib boʻlgan birinchi ayol shaxmatchi sifatida mamlakat shaxmat tarixiga kirdi. Eng qizigʻi musobaqaning birinchi turida viza masalasi tufayli qatnasholmagan Hamdamova musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganida barcha bahslarda gʻalaba qozongan holda chempionlikni rasmiylashtirdi. 2023-yil 26-noyabr sanasida Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisiSaida Mirziyoyeva yosh chempionni shaxsan kutib oldi[7].