Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Afrikaans

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Afrikaans
Milliy nomiAfrikaans[1]
MamlakatlarJAR[2], Botsvana[3], Namibiya[4], Zambiya va Zimbabve
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni7 200 000 va 10 300 000
AlifbosiLotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1af[5]
ISO 639-2afr[5]
ISO 639-3afr[5]

Afrikaans (afr.:Afrikaans), bur tili —hindevropa tillari oilasidagigerman tillaridan biri (gʻarbiy german guruhchasi).JARning rasmiy tili (ingliz tili bilan birga). Asosan, JARning Transvaal, Oranj, Kap viloyatlarida, shuningdek,Namibiya, Zambiyada va boshqa qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 mln. kishiga yaqin (1980-yillar oxiri; 1990-yillar oxirida bu miqdor birmuncha kamaygan).

Afrikaans 17-asrdaniderland tilining baʼzi lahjalari bilan nemis va ingliz tillarining hamda gottentot, bush-men, bantu kabi mahalliy tillarning oʻzaro yaqinlashuvi va aralashib ketishi jarayonida yuzaga kelgan. A.ning muhim belgisi uning hududiy lahjalarga boʻlinmaganligidir. Oʻziga xos xususiyatlari XVII asr oxirlarida Kap viloyati davrida shakllangan. XVII asrda va XIX asrning 1-yarmida faqat ogʻzaki soʻzlashuv tili sifatida amalda boʻlgan. Afrikaansda yozilgan dastlabki asarlar XIX asrning 70-yillaridagina paydo boʻlgan. Afrikaans 1925-yildagina rasmiy til maqomiga ega boʻlgan — Janubiy Afrika Ittifoqining davlat tili deb eʼtirof etilgan.

Fonetik tizimi va leksikasi asosan niderland tili taʼsirida shakllangan; mahalliy afrika tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ozchilikni tashkil etadi.

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • M i ronov S. A., Yazik afrikaans. M., 1969.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Tillarning yer shariJahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. 5,05,15,2(unspecified title)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Afrikaans&oldid=4928768" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp