Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Afgʻonistonda buddizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bomiyon Buddalaridan biri (2001 yildaTolibon tomonidan vayron qilingan) 1977 yil avgust oyida suratga olingan
Jaloloboddagi qadimgi Buddist gʻori, 2009 yil

Gautama Budda asos solgan hamdaDharmik dinlardan biri boʻlganbuddizm hozirgiAfgʻoniston hududiga birinchi martaMaurya imperiyasining uchinchi imperatoriAshoka (mil.avv. 268-232 yillar) davrida kirib kelgan. Mamlakatdagi Buddizmning eng qadimiy diqqatga sazovor joylari orasidaQandahor yaqinidagi Chil Zena qoyasida joylashgan togʻ yonbagʻirlaridagiyunon va oromiy tillarida bitilgan yozuv boʻlib, u miloddan avvalgi 260-yilga tegishli[1]. DinHindukush togʻ tizmasi janubidagi hududlarda keng tarqalgan.

Bu davrda Afgʻonistonda koʻplab taniqli buddizm homiylari yashagan. Jumladan,yunon-baqtriya podshosi Menander I (mil.avv. 165-130 ) buddizmning taniqli homiysi boʻlgan. Uning nomiPali tilidagi buddizm matniMilinda Panhada keltirilgan. Miloddan avvalgi 2-asrda yashagan hind-yunon rohibi Mahadxarmaraksita Alasandradan (Yonas shahri) Shri Lankaga qadar hududlardagi 30 000 ta buddist rohiblarni boshqargani aytiladi[2]. II asrda yashagankushonlik rohib LokaksemaXan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy poytaxtiLoyan shahriga sayohat qilgan vaMahayana buddizm bitiklarinixitoy tiliga birinchilardan tarjima qilgan[3].

Afgʻoniston shimolidagi qadimiyBalx shahri yaqinida joylashganNava Vixara monastirlari asrlar davomida Oʻrta Osiyoda buddaviylik markazi vazifasini bajargan.

Milodiy VII asrda islom dini kirib kelgandan keyin Afgʻonistonni arablar bosib olgach, buddaviylik tanazzulga uchragan. X-XII asrlardaGʻaznaviylar davrida mintaqada buddaviylik yanada tanazzulga yuz tutgan. Buddizm Afgʻonistonda XIII asrdamoʻgʻullar istilosi paytida yoʻq qilingan[4][5]. XIV asrdan keyin hududda buddistlar mavjud boʻlgani haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Afgʻoniston hududlari asrlar davomida koʻplab madaniy va diniy oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo madaniyatlari oʻrtasidagi mazkur hududning geografik joylashuvi hamda mashhurBuyuk Ipak yoʻliga yaqinligi hududdagi tarixiy va madaniy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan. Katta taʼsirlardan biri ushbu hududningAleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olinishi boʻlib, natijada hudud bir muncha vaqt ellinistik dunyoga qoʻshilgan. Bu omil mintaqada buddizm diniy sanʼatiga kuchli ellinistik taʼsir koʻrsatgan. Miloddan avvalgi 305-yildaSalavkiylar imperiyasi HindistonMaurya imperiyasi bilan ittifoq tuzgan. Mauryanlarbuddizmni Hindistondan olib kelishgan va miloddan avvalgi 185-yilgacha Hindukush janubidagi hududni boshqarishgan.

Iskandar ularni ariylardan tortib olib, oʻziga xos turar-joylar qurgan. Biroq Selevk Nikator ularni nikohdan oʻtkazish va evaziga 500 ta fil olish sharti bilan Sandrokotga (Chandragupta) bergan.

— Strabon, (mil.avv. 64 — mil. 24-yillar)
Mes Aynak Buddizmstupasi, 2011-yil

Bu oʻzgarishlar davrida hududning katta qismiBaqtriya vaSoʻgʻdiyona podsholiklariga qarashli boʻlib, ular islom kirib kelgunga qadarbuddizmga eʼtiqod qilishgan.

Maurya imperiyasi tanazzulidan soʻng, buddizmKushon podsholigi hukmronligi ostida ham gullab-yashnagan. Buning taʼsiridaYuechji deb nomlangan qabilalar hozirgi Afgʻoniston hududiga kirib kelishiga[6] Afgʻonistonda hozirga qadar buddizm madaniyatidan saqlanib qolgan koʻplab yodgorliklar guvohlik beradi.

Sosoniylar davlati musulmonlar qoʻliga oʻtganidan koʻp oʻtmay (milodiy 651-yil), Balxdagi Nava Vixara monastiri ham musulmonlar hukmronligi ostiga oʻtgan (milodiy 663-yil). Shunday boʻlsa-da, monastir kamida yana bir asr faoliyatini davom ettirgan. Milodiy 715-yildaAbbosiylar xalifaligi Balxdagi qoʻzgʻolonni bostirganidan soʻng, koʻplab fors buddist rohiblariBuyuk Ipak yoʻli boʻylab sharqqa, oʻzlariga yaqin Sharqiy Eron tilida soʻzlashuvchi Xoʻtan Budda shohligiga qochib ketishgan. Nava Vixaraning merosxoʻr maʼmurlari, forsbarmakiylari monastir bosib olingandan soʻng buddizmdan chiqib, islomni qabul qilishgan va BagʻdoddagiAbbosiyxalifalar davrida kuchli vazirlarga aylanishgan. Oilaning oxirgi vazirlari Jaʼfar ibn YahyoMing bir kechadagi koʻplab ertaklarning bosh qahramonidir. Xalq ertaklari va xalq madaniyatida Jaʼfar tasavvuf, sehrgarlik va islom doirasidan tashqaridagi urf-odatlarni bilishi bilan mashhur.

Buddaviylik dini AfgʻonistonniUmaviylar bosib olishi vaAbbosiylar xalifaligi hukmronligidan keyin ham omon qolgan. Afgʻonistondagi buddizm XIII asrdamoʻgʻullar istilosi paytida samarali ravishda yoʻq qilingan[5][4].

Arxeologik topilmalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
BuddistJatakamalaning qoʻlyozma boʻlagi,sanskrit tilida Gilgit — Bamiyan toifa-II protosarada yozuvida (Toyuk) yozilgan; taxm. mil. VIII asr, Berlin etnologiya muzeyi

Bomiyon monastiri kutubxonasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Ilk buddizm maktablaridan biri Bomiyan hududida mashhur boʻlgan Mahasāṃghika — Lokottaravada edi.Xitoylik buddist rohibSyuan Szan VII asrda Afgʻonistonning Bomiyon shahridagi Lokottaravada monastiriga tashrif buyurgan. Bu monastir joylashgan hudud arxeologlar tomonidan topib oʻrganilgan[7]. Ushbu monastir kolleksiyasidagi qayin poʻstlogʻi va palma barglari qoʻlyozmalari, shu jumladan Mahayana sutralari topilgan. Ular hozir Schøyen kollektsiyasida joylashgan. Baʼzi qoʻlyozmalar Gandhariy tilida vaKharoshthi yozuvida, boshqalari esaSanskrit tilida va Gupta yozuvida yozilgan. Ushbu monastir kolleksiyasidan saqlanib qolgan qoʻlyozma va parchalar quyidagi manbaviy matnlarni oʻz ichiga oladi[7]:

  • Mahasāṃghika -Lokottaravada Pratimokṣa Vibhaṅga (MS 2382/269)
  • Mahāparinirvāṇa Sutra, Agamas sutrasi (MS 2179/44)
  • Caṃgī Sutra, Agamasdan olingan sutra (MS 2376)
  • Vajracchedika Prajnaparamita Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2385)
  • Bhaiṣajyaguru Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2385)
  • Shrimaladevi Siṃhanada Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Pravarana Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Sarvadharmapravṛttinirdeśa Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Ajātaśatrukaukṛtyavinodana Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Śāriputrābhidharma Śāstra (MS 2375/08)

Buddaviylarning yodgorliklari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2010-yil avgust oyida Kobuldan janubda joylashganLuvgar viloyatidagi Mes-Aynoqda 42 taga yaqin buddizm yodgorliklari topilgani haqida xabar berilgan. Arxeologlarning fikriga koʻra, bu buyumlarning baʼzilari II asrga tegishli. Baʼzi buddizm yodgorliklariGʻazna shahridan topilgan[8]. Luvgardagi buyumlar ikkita Buddizm ibodatxonasi (Stupalar), Budda haykallari, freskalar, kumush va oltin tangalar hamda qimmatbaho munchoqlarni oʻz ichiga olgan[9][10][11].

Afgʻonistonlik buddist tarixiy shaxslar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Galereya

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Samangan, Taxt-i-rustamdagi g'or tizimi, stupa va monastir
    Samangan, Taxt-i-rustamdagi g'or tizimi, stupa va monastir
  • Bodxisattva va Chandeka, Hadda, milodiy 5-asr
    Bodxisattva va Chandeka, Hadda, milodiy 5-asr
  • Bimaran qutisi
  • Qirol Ashokaning Qandahor farmoni
  • Britaniya muzeyidagi Vardak vazasi
    Britaniya muzeyidagiVardak vazasi
  • Minor-i-Chakri
  • Bomiyan Grotto rasmlari
    Bomiyan Grotto rasmlari
  • Afgʻoniston, stupa TK23, hadda joyi, tapa-kalan monastiri, 4—5-asrlar
    Afgʻoniston, stupa TK23, hadda joyi, tapa-kalan monastiri, 4—5-asrlar
  • Afg'oniston, stupalar poytaxti, Hada joylashgan joydan, Chaxil-i-g'undi monastiri, II-III asrlar
    Afg'oniston, stupalar poytaxti, Hada joylashgan joydan, Chaxil-i-g'undi monastiri, II-III asrlar
  • Afg'oniston, stupalar zinapoyasi, Hada joylashgan joydan, Chaxil-i-g'undi monastiri, II-III asrlar
    Afg'oniston, stupalar zinapoyasi, Hada joylashgan joydan, Chaxil-i-g'undi monastiri, II-III asrlar
  • Stupa bilan mahkama, qazishdan keyin Ali masjidi
    Stupa bilan mahkama, qazishdan keyin Ali masjidi
  • Shevaki stupa
    Shevaki stupa
  • Budda tasvirlari bilan 6-sonli Stupaning umumiy ko'rinishi
    Budda tasvirlari bilan 6-sonli Stupaning umumiy ko'rinishi
  • Afg'onistondagi Ahin Posh Tepe buddist monastirining qayta tiklanishi
    Afg'onistondagiAhin Posh Tepe buddist monastirining qayta tiklanishi
  • Buddaning kulrang shist figurasi, Oklend muzeyi
    Buddaning kulrang shist figurasi, Oklend muzeyi
  • Afg'oniston Buddist san'ati
    Afg'oniston Buddist san'ati
  • Begram Kreslo yoki taxtdan yasalgan dekorativ lavha, fil suyagi, 13-xona, miloddan avvalgi 100-yillar
    Begram Kreslo yoki taxtdan yasalgan dekorativ lavha, fil suyagi, 13-xona, miloddan avvalgi 100-yillar

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Markaziy Osiyoda buddizm
  • Gʻarbiy hududlarda Buyuk Tang yozuvlari
  • Jñānagupta
  • Ashokaning Qandahor yunon farmonlari
  • Qandahor ikki tilli qoya yozuvi
  • Afgʻonistonning islomgacha boʻlgan hindu va buddist merosi
  • Buddizmning Ipak yoʻli orqali uzatilishi
  • Hindiston yarimorolida buddizmning tanazzulga uchrashi
  • Afgʻonistonda hinduizm
  • Trapusa va Bahalika

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Runion, Meredith L.. The history of Afghanistan. Westport: Greenwood Press, 2007.ISBN 978-0-313-33798-7. 
  2. Full text of the MahavamsaClick chapter XXIX
  3. Foltz,Religions of the Silk Road, p. 46
  4. 4,04,1Steven Otfinoski edition=illustrated. Afghanistan. Infobase Publishing, 2004 — 6-bet.ISBN 0-8160-5056-2. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr. 
  5. 5,05,1Amy Romano. A Historical Atlas of Afghanistan, illustrated, The Rosen Publishing Group, 2003 — 25-bet.ISBN 0-8239-3863-8. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr. 
  6. Runion, Meredith L.. The history of Afghanistan. Westport: Greenwood Press, 2007 — 46-bet.ISBN 978-0-313-33798-7. „The Yuezhi people conquered Bactria in the second century BCE. and divided the country into five chiefdoms, one of which would become the Kushan Empire. Recognizing the importance of unification, these five tribes combined under the one dominate Kushan tribe, and the primary rulers descended from the Yuezhi.“ 
  7. 7,07,1„"Schøyen Collection: Buddhism". Archived from the original on 10 June 2012. Retrieved 23 June 2012.“.
  8. Embassy of the United States, Kabul.Ghazni 10.26.2011
  9. Embassy of the United States, Kabul.Mes Aynak 10.29.2011
  10. „"42 Buddhist relics discovered in Logar". Maqsood Azizi. Pajhwok Afghan News. 18 August 2010. Archived from the original on 17 March 2010. Retrieved 23 August 2010.“. 2010-yil 17-martda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  11. „"Afghan archaeologists find Buddhist site as war rages". Sayed Salahuddin. News Daily. 17 August 2010. Archived from the original on 18 August 2010. Retrieved 16 August 2010.“. 2010-yil 18-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Andoza:Afghanistan topics

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Afgʻonistonda_buddizm&oldid=5244568" dan olindi
Turkumlar::

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp