Aeta (tub aholi)
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Aeta (atta, inagta) — Filippin o.larining tub aholisi, past boʻyli (140 — 150 sm) negroid qabilalar guruhi. 40 mingga yaqin (1987-yil). Aeta malayya-polineziya tillari oilasiga mansub bir-biriga oʻxshamagan shevalarda gaplashadilar. Hozirgacha qadimgi diniy eʼtiqodlar (qabilaviy animizm) saqlanib qolgan. Aeta ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qrloq, koʻchmanchi qabila boʻlib, terimchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.
| Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |