Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Adsorbsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Adsorbsiya — qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat)larning konsentrlanishi (yutilishi). A. adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch taʼsirida sodir boʻladi. Adsor-bat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir (mono-), ikki (bi-) va hokazo koʻp (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil boʻladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi maʼlum dara-jaga yetganidan keyin desorbsiya boshla-nadi. Yutilgan modda adsorbsion qavatda oʻz xususiyatini saqlab qolsa, fizik A., oʻzgarsa, yaʼni adsorbent bilan kimyoviy bi-riksa, kimyoviy A. deyiladi. Fizik A. temperatura, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bogʻliq. A. hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan oʻgʻit, avvalo tuproqqa A. lanadi. Oʻsimlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali A. jarayoni asosida oʻzlashtiradi. A. gaz va suyuq aralash-malarni ajratish-da (qarangXromatografiya), biologik jarayon-da, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qoʻshilmalardan holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda A. dan keng foydalaniladi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Adsorbsiya&oldid=4189873" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp