Adrian Mutu (talaffuzi: Adrian Mutu) (1979-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — ruminiyalik professionalfutbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Adrian Mutu hozirgi kunda Liga I klubi „Rapid București“ klubini boshqaradi. Futbolchilik faoliyati davomida Adrian Mutuhujumchi yokihujumkor yarim himoyachi sifatida maydonga tushgan.
Adrian Mutu oʻz faoliyatini „Argeş Piteşti“ klubida ikki yil va „Dinamo Bukureşti“ klubida yarim mavsum oʻynab, 1999-2000-yillarda Italiya A Seriyasining vakili„Inter“ klubi tarkibida boshlagan. Nerazzurrilar bilan bor-yoʻgʻi oʻnta oʻyindan soʻng Adrian Mutu „Hellas Verona“ klubiga, keyin esa „Parma“ klubiga yoʻl oldi. Bu muvaffaqiyatli yurishi davomida Adrian Mutu keyingi uch yilda jami 39 ta gol urdi. Uning ajoyib sport formasi unga 22,5 million yevro evaziga"Chelsea" klubiga transfer boʻlishiga imkon berdi. 2003-yilda Adrian Mutu„Oltin toʻp“ga nomzod boʻldi[1][2]. Bu klubdagi faoliyatidan soʻng, Adrian Mutu"Juventus" klubiga oʻtish uchunA Seriyaga qaytdi. 2006-yilgi Italiya futboli mojarosi va „Juventus“ klubi B Seriyaga tushib ketganidan soʻng, Adrian Mutu „Fiorentina“ klubiga oʻtishga qaror qildi va u yerda keyingi besh yil davomida faoliyat olib bordi. Keyin Adrian Mutu „Cesena“ klubi va Fransiyaning "Ajaccio " klublarida bir mavsum oʻtkazdi va 2014-yilda „Petrolul Ploieşti“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi. „Pune City“ va „ASA Târgu Mureş“ klublari bilan yana ikkita qisqa oʻyinlardan soʻng Adrian Mutu 2016-yilda professional futboldan ketdi.
Maydondan tashqarida anchagina bahslarga va mish-mishlarga sabab boʻlgan Adrian Mutu 2005-yilda „Chelsea“ klubida oʻynaganidakokain uchun ijobiy testdan soʻng keng omma eʼtiboriga tushdi. Bu hodisadan keyin Adrian Mutu „Chelsea“ klubi tarkibidan chiqarildi, keyinchalik Futbol assotsiatsiyasi tomonidan yetti oyga diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek, Adrian Mutu sobiq ish beruvchilariga 15,2 million funt sterling tovon puli toʻlashga majbur boʻldi. Bu tovon puliFIFA tarixidagi eng katta moliyaviy jazo hisoblanadi[3]. U bir necha bor jarima ustidan shikoyat qilishga urinib koʻrdi va 2010-yilda „Fiorentina“ klubida boʻlganida sibutramin uchun ijobiy testdan soʻng ikkinchi marta jarimaga tortildi.
2000-yildagi xalqaro maydondagi debyut oʻyinidan beri Adrian MutuRuminiya milliy futbol terma jamoasi safida 77 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urdi. Bu natija bilan Adrian Mutu rekordchiGheorghe Hagi natijasini takrorlagan edi. Adrian Mutu 2000 va 2008-yillarda Yevropa chempionatida mamlakat terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Ruminiyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinining toʻrt karra gʻolibi boʻlganGheorghe Popescu vaGheorghe Hagilardan koʻra koʻproq Adrian Mutu yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.
Yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan Adrian Mutu faoliyati davomida maydon tashqarisidagi muammolardan qiynalgan. Mutu bir nechtahujumkor pozitsiyalarda oʻynashga qodir edi. Adrian Mutu ham gol urish, ham golli uzatma berish qobiliyati tufayliasosiy hujumchi sifatida ham,hujumkor yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushirilgan. Oʻzining isteʼdodiga qaramay, u tez-tez jarohatlar olib turgan. Shuningdek,Adrian Mutu oʻzining jahli tezligi, temperamentli xarakteri va maydondagi xatti-harakatlari bilan mashhur edi. Shuning uchun u koʻpincha oʻzining haqiqiy salohiyatini oqlamagan deb hisoblanardi[4][5][6].
Adrian Mutu oʻzining murabbiylik faoliyatini 2018-yilning aprel oyida Ruminiya I Ligasi vakili „Voluntari“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan soʻng boshlagan. Adrian Mutu sobiq bosh murabbiy Claudiu Niculescu ketganidan keyin „Voluntari“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[7]. Biroq, Mutuning faoliyati vakolati ikki oy davom etdi. Garchi Mutu klubning „Chindia Târgoviste“ klubiga qarshi kechgan pley-off oʻyinida gʻalaba qozonib, klubni quyi ligaga tushib qolishdan saqlab qolgan boʻlsa-da, klub direktorlar kengashi 14-iyun kuni Mutuni ishdan boʻshatishga qaror qildi. Klub prezidenti Dan Leasa direktorlar kengashi qaroriga rozi bo‘lmadi va klubni tark etdi[8].
2018-yil iyul oyida Adrian Mutu Birlashgan Arab Amirliklarining „Al Wahda“ klubi bilan klubning kichik jamoalarini boshqarish uchun shartnoma imzoladi[9].
Adrian Mutu 2000-yillarning boshlarida isroillik model va aktrisa Moran Atias bilan oila qurgan[10].
2001-yildan 2003-yilgacha Adrian Mutu ruminiyalik aktrisa va teleboshlovchi Alexandra Dinu bilan birga yashagan. Ularning Mario ismli oʻgʻli bor(2002-yilda tugʻilgan)[11].
2005-yilda Adrian Mutu Ruminiyadagi Scala Celli provaslov cherkovida dominikanlik model Consuelo Matos Gomez bilan oila qurgan[12]. Ularning Adriana (2006) va Maya Vega (2008) ismli ikki qizi bor. Ular 2015-yilda ajrashishdi.
2016-yilda Adrian Mutu sobiq model Sandra Bachici bilan oila qurdi[13]. Ularning Tiago Adrian Mutu ismli oʻgʻli bor (2017).
Klub | Mavsum | Liga | Kubuk | Liga kubugi | Mintaqa | Boshqa | Umumiy |
---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni |
---|
Argeș Pitești | 1996—1997 | A Diviziya | 5 | 0 | — | — | — | — | 5 | 0 |
1997—1998 | 21 | 4 | — | — | — | — | 21 | 4 |
1998—1999 | 15 | 7 | — | — | 6 | 3 | — | 21 | 10 |
Umumiy | 41 | 11 | — | — | 6 | 3 | — | 47 | 14 |
---|
Dinamo București | 1998—1999 | A Diviziya | 17 | 4 | 0 | 0 | — | — | — | 17 | 4 |
1999—2000 | 18 | 18 | 3 | 3 | — | 4 | 4 | — | 25 | 25 |
Umumiy | 35 | 22 | 3 | 3 | — | 4 | 4 | — | 42 | 29 |
---|
Inter Milan | 1999—2000 | A Seriya | 10 | 0 | 4 | 2 | — | — | — | 14 | 2 |
Hellas Verona | 2000—2001 | A Seriya | 25 | 5 | 1 | 1 | — | — | — | 26 | 6 |
2001—2002 | 32 | 12 | 2 | 0 | — | — | — | 34 | 12 |
Umumiy | 57 | 17 | 3 | 1 | — | — | — | 60 | 18 |
---|
Parma | 2002—2003 | A Seriya | 31 | 18 | 1 | 0 | — | 4 | 4 | — | 36 | 22 |
Chelsea | 2003—2004 | Premer liga | 25 | 6 | 3 | 3 | 1 | 0 | 7 | 1 | — | 36 | 10 |
2004—2005 | 2 | 0 | — | — | — | — | 2 | 0 |
Umumiy | 27 | 6 | 3 | 3 | 1 | 0 | 7 | 1 | — | 38 | 10 |
---|
Juventus | 2004—2005 | A Seriya | 1 | 0 | — | — | — | — | 1 | 0 |
2005—2006 | 32 | 7 | 4 | 3 | — | 8 | 1 | 1 | 0 | 45 | 11 |
Umumiy | 33 | 7 | 4 | 3 | — | 8 | 1 | 1 | 0 | 46 | 11 |
---|
Fiorentina | 2006—2007 | A Seriya | 33 | 16 | 2 | 1 | — | — | — | 35 | 17 |
2007—2008 | 29 | 17 | 1 | 0 | — | 10 | 6 | — | 40 | 23 |
2008—2009 | 19 | 13 | 1 | 0 | — | 9 | 2 | — | 29 | 15 |
2009—2010 | 11 | 4 | 2 | 4 | — | 6 | 3 | — | 19 | 11 |
2010—2011 | 20 | 4 | — | — | — | — | 20 | 4 |
Umumiy | 112 | 54 | 6 | 5 | — | 25 | 11 | — | 143 | 70 |
---|
Cesena | 2011—2012 | A Seriya | 28 | 8 | 1 | 0 | — | — | — | 29 | 8 |
Ajaccio | 2012—2013 | Liga 1 | 28 | 11 | — | — | — | — | 28 | 11 |
2013—2014 | 9 | 0 | — | — | — | — | 9 | 0 |
Umumiy | 37 | 11 | — | — | — | — | 37 | 11 |
---|
Petrolul Ploiești | 2013—2014 | Liga I | 8 | 2 | — | — | — | — | 8 | 2 |
2014—2015 | 6 | 2 | 1 | 0 | — | 6 | 2 | — | 13 | 4 |
Umumiy | 14 | 4 | 1 | 0 | — | 6 | 2 | — | 21 | 6 |
---|
Pune City | 2015 | Hindiston Superligasi | 10 | 4 | — | — | — | — | 10 | 4 |
Târgu Mureș | 2015—2016 | Liga I | 4 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 5 | 0 |
Umumiy | 439 | 160 | 27 | 17 | 1 | 0 | 60 | 26 | 1 | 0 | 528 | 203 |
---|
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar soni | Nisbat |
---|
Ruminiya milliy futbol terma jamoasi |
2000-yil | 11 | 1 | 0,09 |
2001-yil | 6 | 0 | 0,00 |
2002-yil | 6 | 1 | 0,16 |
2003-yil | 10 | 7 | 0,70 |
2004-yil | 5 | 4 | 0,80 |
2005-yil | 5 | 5 | 1.00 |
2006-yil | 6 | 3 | 0,50 |
2007-yil | 9 | 6 | 0,66 |
2008-yil | 7 | 2 | 0,28 |
2009-yil | 2 | 0 | 0,00 |
2010-yil | 0 | 0 | 0,00 |
2011-yil | 5 | 5 | 1.00 |
2012-yil | 3 | 0 | 0,00 |
2013-yil | 2 | 1 | 0,50 |
Jami | 77 | 35 | 0,45 |
---|