Adolf Gitler (haqiqiy familiyasi Shiklgruber; 1889-1945) —Olmoniya fashistik davlati boshligʻi (1933-yilda reyxskansler boʻlgan, 1934-yildan bu mansabni prezident lavozimi bilan birlashtirgan), fashistlar natsional-sotsialistik partiyasining fyureri (dohiysi; 1921-yildan). Olmoniya ommaviy terrorchi fashist rejimini oʻrnatgan. Ikkinchi jahon urushini boshlash, SSSRga hujum qilish (1941-yil iyun) tashabbuskori. Sovet qoʻshinlariBerlinga kirgach, oʻzini-oʻzini oʻldirmagan balki antartikaga joʻnagan. Nyurnberg sud jarayonida asosiy natsist harbiy jinoyatchi deb topilgan.
Bolaligi va yoshligi
Gitler chaqaloqlik paytida
Adolf Gitler1889-yili20-apreldaInnadagi Braunau (Avstriya) shahrida tugʻilgan. Boʻlajak fyurerning otasiAlois Gitler (1837-1907) oldin etikdoʻz boʻlgan, keyin esabojxona xodimi boʻlib ishlagan; noqonuniy tugʻilganligi sababli u1876-yilgacha onasining familiyasishiklgruberni olgan (Adolf keng tarqalgan fikrga qaramay, bu familiyani hech qachon olmagan). Alois yuqori boʻlmagan ober-ofitsial mansabiga ega edi. OnasiKlara Pölzl, qizlik familiyasi Pelsl, ishchilar oilasidan kelib chiqqan.
16 yoshida Gitler toʻliq oʻrta taʼlimni bermaydiganLinsdagi maktabni tamomlaydi. Vena badiiy sanʼatlar akademiyasiga kirish urinishlari omadsiz boʻladi. Onasining vafotidan soʻng (1908) Gitler Venaga koʻchib oʻtadi, u yerda uysizlarga beriladigan boshpanalarda yashab, tasodifiy ish haqlariga kun koʻradi. Oʻsha paytda u oʻzining bir qator akvarellarini sotishga muvaffaq boʻladi.
Adolfning qarashlari mashhur antisemit Venaning ober-burgomistriKarl Luegerlarning taʼsiri ostida shakllangan. U nemis millatining buyukligi va alohida missiyaga ega ekanligiga ishonar edi.
Gitlerning vegetarianligi
Adolf Gitlerning koʻpchilik biograflari u 1931-yildan to 1945-yildagi oʻlimiga qadarvegetarian boʻlganligi haqidagi fikrni maʼqullashadi. Bu fikrga qarshi argumentlar ham talaygina. Har qanday holda, ikkala taraf Gitler goʻshtni ovqatidan olib tashlamagan boʻlsa ham, uning isteʼmolini chegaralaganligiga qoʻshiladilar.
Nasl
Alois noqonuniy tug'ilgan bo'lsa-da, 1876-yilgacha onasi Mariya Anna Shiklgruber (nem. Schicklgruber). Alois tug'ilganidan besh yil o'tgach, Mariya Shiklgruber butun umrini qashshoqlikda o'tkazgan va o'z uyiga ega bo'lmagan tegirmonchi Iogann Georg Gidlerga (Hiedler) uylandi. 1876-yilda uchta guvoh 1857-yilda vafot etgan Gidlerning Aloisning otasi ekanligini tasdiqlab, ikkinchisiga familiyasini o'zgartirishga imkon berdi. Familiyaning "Gitler" deb yozilishining o'zgarishi, ehtimol, "tug'ilishni ro'yxatga olish kitobi"ga yozilish paytida ruhoniyning afyunidan kelib chiqqan. Ba'zi tarixchilar Aloisning otasi Gidler emas, balki uning ukasi Yoxann Nepomuk Guttler, Aloisni uyiga olib borib, uni tarbiyalagan deb taxmin qilishadi.
Adolf Gitlerning o'zi, 1920-yillardan beri keng tarqalgan (vaSSSR fanlar akademiyasi umumiy tarix institutining tarix fanlari nomzodi, dotsenti va katta ilmiy xodimi V. D. Kulbakinning arizasiga binoan, hatto BSE ning 3-nashrida ham) hech qachon Shiklgruber familiyasini olmagan.
1885-yil 7-yanvarda Alois qarindoshi (Iogann Nepomuk Guttlerning nabirasi) Klara Peltslga uylandi. Bu uning uchinchi nikohi edi. Bu vaqtga kelib uning o'g'li Alois va qizi Angela bor edi, keyinchalik u geli Raubalning onasi bo'ldi. Alois Klaraga uylanish uchun Muqaddas taxtdan ruxsat olishi kerak edi.
Gitler o'z oilasidagi incucht haqida bilar edi va shuning uchun u har doim ota-onasi haqida juda noaniq gapirgan, garchi u boshqalardan nasl-nasabni hujjatli tasdiqlashni talab qilgan. 1923-yildan boshlab u kelib chiqishi haqida ba'zi tafsilotlarni yashirishni boshladi. U otasi va onasining bobosi haqida bir necha satr yozgan, onasi esa, aksincha, suhbatlarda tez-tez eslatib o'tilgan. U hech kimga avstriyalik tarixchiRudolf Koppenshtayner va avstriyalik shoirRobert Gamerling bilan qarindoshligini aytmagan.
Uning to'g'ridan-to'g'ri ajdodlari, ham Shiklgruber, ham Gitler, dehqonlar edi. Faqat otasi martaba qildi va davlat amaldoriga aylandi.
Gitlerning bolalik joylariga bo'lgan mehr-muhabbati faqat leondingga tegishli edi, u yerda uning ota-onasi, bu yerda onasining qarindoshlari va Lintsu yashardi. U hokimiyatga kelganidan keyin ham ularga tashrif buyurdi.
Birinchi jahon urushi
1913-yil mayida GitlerMyunxenga koʻchib oʻtadi, u yerda akvarellari bilan savdo qilib odatiy hayotini kechiradi. Urushning birinchi oyida u nemis armiyasiga oʻz xohishi bilan yoziladi.Fransiya vaBelgiyada oddiy askar sifatida, soʻng yefreytor boʻlib xizmat qiladi. Oʻn oltinchi Bavariya Zahira Polkining yuboriluvchi shtabi sifatida jang operatsiyalarida ishtirok etadi. Ikki marta jarohatlangan, II va I darajali Temir xochlar bilan mukofotlangan.
NSDAPning boshligʻi
Olmoniya imperiyasining urushda magʻlubiyatga uchrashini va 1918-yilning Noyabr qoʻzgʻolonini Gitler gʻalabador nemis armiyasiga „orqasiga pichoq urgan“ xoinlarning qilmishi deb hisoblagan.
1918-yilning oxirida u Myunhenga qaytib keladi vareyxsverga aʼzo boʻladi. Qoʻmondonlikning buyrugʻiga binoan u Myunhendagi qoʻzgʻolon hodisalarining ishtirokchilariga material yigʻar edi. Kapitan E. Remning maslahatiga koʻra (keyinchalik Gitlerning yaqin safdoshi) u Myunhendagi „Nemis ishchilar partiyasi“ tarkibiga kiradi. Partiya boshqaruvidan uning yaratuvchilarini tezda siqib chiqarib, u toʻla huquqli yetakchiga —führerga aylanadi. Gitlerning tashabbusiga koʻra1919-yili partiya yangicha nomlanadi — Nemis milliy-sotsial ishchilar partiyasi (nemis transkipsiyasidaNSDAP). Siyosiy publitsistikada ularni sotsialchilarSotsi deb atalganidekNatsi deb atashadi.
Asosiy gʻoyalar
Oʻsha paytgacha shakllangan Gitlerning asosiy gʻoyalariNSDAP dasturida oʻz aksini topadi. Gitler gʻoyalarining aksariyati avtobiografik kitob „Mening kurashim“ ("Mein Kampf")da bayon etilgan.[1]
Pivo qoʻzgʻoloni
1920-yillarning boshlariga kelib NSDAP Bavariyaning eng koʻzga koʻringan oʻng ekstermistik tashkilotiga aylanadi. Hujum otradlari boshidaErnst Röhm turadi. Gitler tez orada u bilan hisoblashish kerak boʻlgan siyosiy shaxsga aylanadi.
1923-yilning oxiriga kelib Olmoniyadagi tanglik oʻtkirlashadi. Bavariyada parlament hukmronligiga qarshi va diktatura oʻrnatilishining tarafdorlari bavar administratsiyasi fon Kar atrofida toʻplanadilar, toʻntarishdagi faol rol Gitlerga va uning partiyasiga berilgan edi.
1923-yil8-noyabr kuni Gitler Myunhenning„Byurgerbraukeler“ pivoxonasidagi mitingda milliy qoʻzgʻolonning boshlanishini va Berlindagi sotqinlar hukmronligining agʻdarilishini eʼlon qiladi.
Fon Kar boshchiligidagi Bavariyaning yuqori amaldorlari bu eʼlonga qoʻshilishadi. Tunda NSDAPning otradlari Myunhenning maʼmuriy binolarini band eta boshlaydilar. Ammo, oradan koʻp vaqt oʻtmay, fon Kar va uning atrofidagilari markaz bilan kompromissga kelishga qaror qiladi. 9-noyabrda Gitler oʻz tarafdorlarini markaziy maydonga olib chiqib, „Feldgerenxale“ga yoʻl olganda reyxsverning qismlari ularga qarshi oʻq ochishadi. Oʻldirilgan va jarohatlanganlarni olib millatchilar va ularning tarafdorlari koʻchalarni tark etishadi. Olmoniya tarixiga bu epizod „pivo qoʻzgʻoloni“ nomi ostida kiradi.
1924-yil fevral-mart oylarida qoʻzgʻolon boshchilari ustidan sud jarayoni boshlanadi. Sudlanuvchilar kursisida faqatgina Gitler va uning bir necha tarafdori oʻtirishadi. Sud Gitlerni 5 yilga qamoqqa mahkum qiladi, ammo 9 oydan soʻng uni ozodlikka chiqarib yuborishadi.
Gitler-reyxskansler
Adolf Gitler 1933-yilda
Yetakchisini yoʻqotgan partiya parchalanib ketadi. Gitlerga hammasini deyarli boshidan boshlashga toʻgʻri keladi. Unga hujum otryadlarini tiklashni boshlagan Röhm katta yordam koʻrsatadi. Ammo, NSDAPning qayta tugʻilishida Shimoliy va Shimoli-Gʻarbiy Olmoniya oʻng ekstremistik harakatlarining yetakchisiGregor Strasser hal qiluvchi rolni oʻynaydi. Ularni NSDAP qatorlariga qoʻshib, u partiyaga viloyat (bavar) darajasidan umummilliy siyosiy kuchga aylanishiga yordam berdi.
Bu vaqtda Gitler umumgerman darajada yordam axtarar edi. U generalitetning ishonchini qozonishga va sanoat magnatlari bilan aloqa oʻrnatishga muvaffaq boʻladi.1930-va1932-yilgi parlament saylovlari millatchilarga deputat mandatlarining jiddiy oʻsishini olib kelganida, davlatning hukmron doiralarida NSDAPni siyosiy kombinatsiyalarning ishtirokchisi sifatida jiddiy koʻra boshlashdi. Gitlerni partiya boshchiligidan chetlashtirib, vazifani Strasserga yuklash harakati amalga oshirildi. Ammo, Gitler raqibi va yaqin doʻstini darrov izolyatsiya qilib partiyadagi har qanday taʼsiridan mahrum qiladi. Ohir-oqibat german choʻqqilarida Gitlerga bosh maʼmuriysiyosiy mansabni berib, atrofini anʼanaviy konservativ partiyalardan boʻlgan vasiylar bilan oʻrashga qaror qilinadi.1933-yil31-yanvarda prezidentGindenburg Gitlerni reyxskansler etib tayinlaydi.[2]
Hukmronlik tepasida boʻlgan Gitler dastlabki oylardayoq kimdan chiqishi qatʼiy nazar hech qanday cheklovlarga amal qilmasligini namoyish etdi. Parlament binosining (Reyxstag) yondirilishini millatchilarning ishi deb bahona qilib, Olmoniyaning ommaviy „unifikatsiya“sini boshlaydi. Avvalkommunistik, soʻng sotsial-demokratik partiyalar taʼqiqlanadi. Bir qator partiyalar oʻzlari tarqalib ketishga majbur boʻladilar.Profsoyuzlar bartaraf etiladi, ularning mulki millatchilar ishchi frontiga topshiriladi. Yangi hukumatga qarshi chiquvchilar tergov va sudsiz konsentratsion lagerlarga yuboriladi. „Boshqa qavmdagilar“ning ommaviy taʼqibi boshlanib, bir necha yil oʻtib uning kulminatsiyasi „endlyozung“ (soʻnggi qaror) operatsiyasiga aylanadi, bu operatsiya butunyahudiy xalqini jismoniy yoʻqotishga qaratilgan boʻladi.
Partiya va undan tashqarisidagi Gitlerning shaxsiy (haqiqiy va potensial) raqiblari ham qatagʻonlardan qochib qutula olmaydi.30-iyunda u fyurerga loyal boʻlmaganlikda sezilgan SA boshliqlarining yoʻq qilinishida shaxsan ishtirok etadi. Bu yoʻqotilishning birinchi qurboni Gitlerning avvalgi safdoshi Röhm boʻladi. Strasser, fon Kar, sobiq reyxskansler generalSchleicher va boshqa arboblar jismonan yoʻqotiladi. Gitler Olmoniya ustidan mutlaq hukumatga ega boʻladi.
Oʻz rejimining asosini mustahkamlash uchun Gitler xalq qoʻlloviga umid qilingan qator tadbirlarni oʻtkazadi. Ishsizlik tez qisqartiriladi, keyin esa tamoman bartaraf etiladi. Muhtoj aholiga gumanitar yordam boʻyicha keng koʻlamli aksiyalar quloch yozadi. Ommaviy, madaniy va sport bayramlari qoʻllanadi. Ammo Gitler rejimining siyosiy asosini magʻlub boʻlinganBirinchi jahon urushiga revansh tashkil qilar edi. Shu maqsad bilan sanoat qayta rekonstruksiyalanadi, katta qurilish yoziladi, strategik zahiralar yaratiladi. Revansh ilinjida aholining propagandistik ishlovi olib borilardi.
Gitler Olmoniyaning harbiy salohiyatini cheklovchiVersal Kelishuvini buzadi. Katta boʻlmaganreyxsver millionlikvermaxtga aylantiriladi, tank qoʻshinlari yaratiladi va harbiy aviatsiya tiklanadi. Demilitarlangan Reyn hududining statusi bekor qilinadi. Gitler oʻzining qoʻshinlariniPolsha hududiga olib kiradi.
1939-yilIkkinchi jahon urushi boshlanadi. Fransiya va Angliyaga qarshi harbiy harakatlarda muvaffaqiyat qozonib va qitʼaning deyarli butun gʻarbiy qismini bosib olib, Gitler1941-yili oʻz qoʻshinlariniSovet Ittifoqi tomon buradi. Sovet-olmon urushining birinchi etapida sovet qoʻshinlarining magʻlubiyatlari Gitler qoʻshinlarining Boltiq boʻyi davlatlarini, Belorussiya, Ukraina, Moldaviya va Rossiyaning bir qismini okkupatsiya qilishiga sabab boʻladi. Okkupatsiyalangan hududlarda qattiq okkupatsion rejim oʻrnatilib, bu rejim millionlab odamlarning hayotiga zomin boʻladi.
Ammo,1942-yilning ohiridan boshlab Gitler armiyalari magʻlubiyatga uchray boshlashadi.1944-yili sovet hududi okkupatsiyadan ozod etiladi, jang harakatlari olmon chegaralariga yaqinlashadi. Italiya va Fransiyaning dengiz boʻylaridan hujum qilayotgan ingliz-amerikan diviziyalari sababli Gitler qoʻshinlari gʻarbda ham chekinishga majbur boʻladi.
Führerning xudkushligi
1944-yili Gitlerga qarshi20-iyul fitnasi uyushtiriladi. Fitna maqsadi Gitlerning jismoniy yoʻq qilinishi va bostirib kelayotgan ittifoq qoʻshinlari bilan tinchlik bitimini tuzish edi. Fyurer Olmoniyaning tor-mor etilishi yaqinlashayotganini tushunardi.1945-yil30-aprel kuni oʻrab olingan Berlinda Gitler avval sevimli kuchugiBlondini oʻldirib, soʻng turmush oʻrtogʻi Eva Braun bilan birga oʻz joniga qasd qiladi.
Gitlerning suiqasdi haqida bir-biriga zid mulohazalar mavjud. Sovet tarixida Gitler zahar (xudkushlik qilgan koʻpgina millatchilar kabikaliy sianid) ichgani haqidagi fikr turgʻunlangan, ammo guvohlarning koʻrsatmalariga binoan u oʻziga qarata oʻq uzadi. Shuningdek, Gitler va Braun zahar ichib soʻng chakkasiga oʻq uzganliklari haqidagi versiya mavjud.
Führerning jasadi reyxskanselyariyaning hovlisida uning yaqinlari tomonidan yondirib yuboriladi, soʻng uning juda qattiq kuygan qoldiqlari sovetSMERSHining qoʻllariga oʻtadi. 1946-yil fevralda Gitlerning tanasi Eva Braun, Yozef va Magda Gebbels hamda Gebbelsning 6 farzandi tanalari bilan birgaMagdeburgdagiNKVD bazalaridan birida dafn etiladi. 1970-yili, bu bazaning hududiGDRga topshirilishi kerak boʻlgan paytdaY. V. Andropov taklifiga va Politbyuroning tasdiqiga koʻra Gitler va boshqa halok boʻlganlarning qoldiqlari qazib olinadi, kul holatigacha krematsiyalanadi vaElbaga sovuriladi.