Abxazlar (Abx. aԥsua) (oʻzlarini apsua deb atashadi) –Abxaziyadagi xalq,Abxaziyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 115 ming (1992-yil). Abxazlarning oz qismi qoʻshniAjariyada, shuningdek,Turkiya,Gretsiya va arab mamlakatlarida ham yashaydi. Abxazlarning ajdodlariOssuriya, keyinchalik antik davr manbalarida (abeshla shaklida) qayd etilgan boʻlib,KavkazningQora dengiz sohilida yashagan eng qadimiy xalqlardan sanaladi. Miloddan avvalgi minginchi yillarda Abxazlar ikki katta kabila (abxaz va apsi) dan iborat boʻlgan; keyinchalik bu qabilalar abxaz xalqining tarkib topishiga asos boʻlgan. Abxazlarabxaz tilida gaplashadi. Bular til va madaniyat jihatidanadigey xalqiga yaqin. Abxazlarning koʻpchilik qismi musulmon-sunniylar, pravoslavlar ham bor. Ular dehqonchilik, chorvachilik, asalarichilik, shuningdek, ovchilik bilan shugʻullanadi.[10]