Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

ARPANET

Vikipediya, erkin ensiklopediya
ARPANET mantiq xaritasi

ARPANET (Ing:Advanced Research Projects Agency Network) – bu AQShning Mudofaa departamenti tarkibidagi Ilmiy-tadqiqot loyihalari agentligi (ARPA) tomonidan yaratilgan birinchi paketli kommunikatsiya (packet switching) tarmogʻi boʻlib, zamonaviy internetning tamaltoshi hisoblanadi.Sovuq urush sabab 1960-yillarda AQSh Mudofaa departamenti yangi va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratishni boshladi. 1969-yilga kelib ARPANET tushdi va ilmiy-tadqiqot muassasalari va harbiy laboratoriyalar oʻrtasida tezkor va ishonchli maʼlumot almashishga xizmat qildi[1].

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Dastlabki Tadqiqotlar va Gʻoya (1960-yillar):
[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • 1960-yillarning boshlarida tadqiqotchilar kompyuterlarni oʻzaro bogʻlaydigan tarmoq yaratish gʻoyasini oʻrganishni boshladilar.
  • Pol Baran va Donald Davies mustaqil ravishda maʼlumotlarni boʻlaklab almashish konseptini ishlab chiqdilar. Unga koʻra maʼlumotlar kichik boʻlaklarga boʻlinadi, boʻlaklar tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqa kompyuterga yuboriladi va manzilga yetib borgan boʻlaklar qayta yigʻilib maʼlumot shakliga keladi.
Loyiha Boshlanishi (1966-1968):
[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • ARPA (Advanced Research Projects Agency) jamoasi 1966-yilda Bob Teylor va Larri Roberts boshchiligida ARPANET loyihasini boshladi[2].
  • Asosiy maqsad, ishonchli va markazlashtirilmagan aloqa tarmogʻini yaratish edi. Bu tarmoq qisman uzilishlarga dosh bera oladigan va samarali ishlay oladigan shaklda boʻlishi kerak edi.
1969 ARPANET IMP
Amalga Oshirish va Birinchi Ulanishlar (1969):
[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • ARPANETning birinchi markazi 1969-yil 29-oktabrdaLos-Anjelesda joylashganKaliforniya Universiteti (UCLA)da oʻrnatildi.
  • ARPANET orqali yuborilgan birinchi xabar „LO“, Stenford Tadqiqot Instituti (SRI) da joylashgan kompyuterga yuborildi. Garchi aloqa birinchi urinishdayoq ishdan chiqqan boʻlsa-da, bu tarmoqning ilk maʼlumot almashinuvi sifatida tarixda qoldi[3].
Kengayish va Protokol Rivoji (1970-yillar):
[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • 1970-yillar davomida ARPANET keng rivojlandi, koʻproq universitetlar va tadqiqot institutlari tarmoqqa qoʻshildi.
  • 1972-yilda Ray Tomlinson ilk bor ARPANETda elektron pochta xizmatini ishga tushirdi[4] va bu xizmat juda mashhur boʻlib ketdi.
  • 1973-yilda Vint Cerf va Bob Kaan Transport Kontrol Protokoli (TCP) ni ishlab chiqdilar[5]. Keyinchalik, bu protokol Transport Kontrol Protokoli (TCP) va Internet Protokoli (IP) ga boʻlindi. Bu protokollar ARPANET va internetda maʼlumotlarni uzatish uchun asosiy protokollar boʻlib qoldi.

ARPANET zamonaviy internetning rivojlanishida muhim oʻrin tutdi. Bu loyiha ilmiy-tadqiqot muassasalari va hukumat idoralari oʻrtasida tezkor va samarali aloqani taʼminladi, va oxir-oqibatda, butun dunyo boʻylab odamlar uchun qulay va tezkor aloqa vositasiga aylandi. ARPANETdan boshlangan texnologik innovatsiyalar va yutuqlar bugungi internetning asosi boʻlib xizmat qildi.

Muhim Voqealar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • 1969: ARPANETning birinchi muvaffaqiyatli aloqa amalga oshirildi[6].
  • 1972: Elektron pochta joriy qilindi.
  • 1983: TCP/IP protokollari qabul qilindi.
  • 1991: Jahon Internet Tarmogʻi (WWW) ishga tushirildi[7].
  • 1995: ARPANET tugatildi va toʻliq internet bilan almashtirildi[8].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „FROM ARPANET TO THE INTERNET“.
  2. „Internet Pioneers“.
  3. „Browsing history: A heritage site is being set up in Boelter Hall 3420, the room the first Internet message originated in“.
  4. „Ray Tomlinson | Email“.
  5. „Dr. Vinton Cerf and Dr. Robert Kahn | Medal of Freedom Recipients“.
  6. „Arpanet – the network’s history“.
  7. „The World’s First Web Site“.
  8. „Arpanet – the network’s history“. — „In 1983, the TCP/IP network protocol was also used for Arpanet, making the older network a part of the internet. In 1990, Arpanet was finally discontinued and replaced by the NSFNet, which had been in existence since 1985. NSFNet was discontinued in 1995.“.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=ARPANET&oldid=5386982" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp