Amerika Qo'shma Shtatlari pochta xizmati (inglizcha:United States Postal Service (USPS)) -Amerika Qo'shma Shtatlaridagi pochta xizmatlari operatori bo'lgan AQSh Federal hukumatining mustaqil agentligidir.
Ushbu Pochta xizmati xodimlarning soni boʻyicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi (546 000 kishi).Bosh ofisiVashingtonda joylashgan.Tashkilotning shiorishunday: "Biz siz uchun yetkazib beramiz!" (inglizcha:«We Deliver For You!»)
Hozirgi AQSh hududidagi pochta aloqasining rivojlanishi 1639-yildan boshlab kuzatiladi.Ingliz qiroliga bo'ysunuvchi pochta xizmati 1692-yilda tashkil topgan.
1775-yil, 26-iyulda Ikkinchi kontinental kongress qarori bilan vaBenjamin Franklin boshchiligida Filadelfiyada AQSh pochta ofisi ("United States Post Office")tashkil etildi, u 1792-yilda AQSh pochta departamenti(Почтовый департамент США[en])ga,1971-yilda esa Amerika Qo'shma Shtatlari pochta xizmati(USPS)ga o`zgartiriladi.
AQSh pochta xizmati546 000 dan ortiq xodimni ish bilan ta'minlaydi. Bu narsa uniAQSh Mudofaa vazirligi vaWal-Martdanlardan keyingi uchinchi yirik ish beruvchiga aylantiradi[1][2][3]. Yillik o'rtacha hisobdaUSPS xodimlari har bir pochta manziliga (2009-yil holatiga) 235 dollarlik pochta jo'natishadi[4].
Kompaniyaning veb-saytiga -usps.com - yiliga kamida 159 million kishi tashrif buyuradi (2008-yil holati)[5].
2010-2011-yillarda AQSh pochta xizmati 8 milliard dollarga yaqin zarar ko‘rdi. 2011-yil, sentyabr oyida AQSh pochta departamenti rahbari Patrik Donaxu Kongressdagi nutqida AQSh pochta xizmatidefolt yoqasida ekanligini aytadi. Departamentni isloh qilish chora-tadbirlari sifatida u butun mamlakat bo'ylab 3000 ta pochta bo'limlarini yopishni, shanba kuni pochta jo'natmalarini yetkazib berishni to'xtatishni va 200 000 dan ortiq pochta xizmati xodimlarini haq to'lanmaydigan mehnat ta'tiliga jo'natishni taklif qiladi (2011-yilga kelib AQSh pochta xizmati yarim millionga yaqin xodimni ish bilan ta'minlagan edi)[6].
Amerika Qo'shma Shtatlari pochta xizmati boshqaruvchilar kengashi o'zi ko'rsatadigan xizmatlar uchun qoidalar, tartiblar va pochta tariflarini belgilaydi. Ulardirektorlar kengashi roliga o'xshash rolga ega. Kengashning o'n bir a'zosidan to'qqiz nafari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va AQSh Senati tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv Kengashining to'qqizta tayinlangan a'zosi keyinchalik Boshqaruvchilar kengashining o'ninchi a'zosi bo'lib xizmat qiluvchi va shuningdek,direktor (Bosh direktor) sifatida kundalik faoliyatni nazorat qiluvchi shaxsni saylashadi. Keyin o'n kishidan iborat kengash direktor o'rinbosari lavozimiga nomzodni taklif qiladi. UCOO (Ijrochi direktor) bo'lib xizmat qilishi kerak. U Qo'shma Shtatlar pochta xizmati boshqaruvchilar kengashining o'n birinchi va yakuniy a'zosi hisoblanadi.
AQSh pochta xizmati manzili: 475 L'Enfant Plaza SW,Vashington, DC 20260-2202, AQSh.
Amerika pochta xizmatining 200 yilligi munosabati bilan 1975-yil 3-sentabrda 10 sentlik markalardan iborat chorak blok chiqarilgan bo`lib unda pochta jo‘natmalarining turli vositalari aks ettirilgan[7] edi.
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh.