1-yanvar —Grigoriy taqvimidayilning 1-kuni. Yil yakuniga 364 (kabisa yilida 365) kun qoladi.
Oʻrta Asrlar davomida koʻplab davlatlar Xristian Cherkovi taʼsiri ostida yil boshini biror-bir muhim Xristian bayramlaridan biriga oʻtkazishga majbur boʻlgan. Masalan: 25-dekabr, 1-mart, 25-mart va hattokiPasxaga. Sharqiy Yevropa davlatlari esapravoslavlik tufayli yil boshini 988-yildan boshlab 1-sentyabr deb qabul qilishgan.
Angliyada 1-yanvar Yangi Yil bayrami sifatida nishonlangan, lekin 12-asrdan 1752-yilga qadar yil 25-martdan boshlangan. Buning natijasida ingliz Parlamenti arxividagi hujjatlardaKarl I qatl etilgan kun 1648-yilning 30-yanvari deb yozilgan, hozirgi olimlar esa Karl I qatl etilgan kunni 1649-yil 30-yanvar deb qabul qilishgan.
Koʻplab gʻarbiy Yevropa davlatlari yil boshini 1-yanvargaGrigoriy taqvimiga oʻtilmasidanoq koʻchirishgan. Masalan: Shotlandiya 1600-yilda 1-yanvarga oʻtgan. Angliya, Irlandiya va britan koloniyalari yil boshini 1752-yil 1-yanvarda oʻzgartirishgan. Keyinroq shu yili sentyabrda Grigoriy taqvimiga Britaniya va britan koloniyalarida oʻtildi. Bu ikki islohot1750-yilgi yangicha taqvim qonuni orqali bajarilgan.
Davlatlarda 1-yanvar yil boshiga aylanishi yillar tartibi bilan:
Yana qarang:Turkum:1-yanvar bayramlari
Yana qarang:Turkum:1-yanvar voqealari
Yana qarang:Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar
- 1431 —Rodrigo di Borgia, yaʼniPapa Alexander VI.
- 1449 —Lorenzo de Medici (vaf. 1492), Florensiya hukmdori, rassomlar va adiblar himoyachisi.
- 1467 —Zygmunt I Stary, Litva knyazi, Polsha qiroli.
- 1484 —Ulrich Zwingli (vaf. 1531), Shveysariya Reformatsiyasining faoli, svinglianchilikning asoschisi.
- 1557 —Istvan Bockai,Transilvaniya knyazi.
- 1618 —Bartolomé Esteban Murillo (vaf. 1682),ispanmusavviri.
- 1714 —Kristijonas Donelaitis (vaf. 1780), Litva badiiy adabiyotining asoschilaridan biri, shoir, lyuteran pastor.
- 1767 —Maria Edgeworth (vaf. 1849), irland yozuvchisi, bolalar uchun didaktik hikoyalarning muallifi.
- 1815 —Charles Bernard Renouvier (vaf. 1.09.1903), faylasuf, fransuz neokantianligining yetakchisi.
- 1819 —Arthur Hugh Clough,shoir,Matthew Arnoldning doʻsti.
- 1823 —Sándor Petőfi (vaf. 1849),vengrshoiri.
- 1854 —James George Frazer (vaf. 1941), ingliz olimi, din tarixining tadqiqotchisi.
- 1863 —Pierre de Coubertin (vaf. 1937), baron, zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi.
- 1863 —Rūdolfs Blaumanis (vaf. 1908), latish yozuvchisi.
- 1864 —Alfred Stieglitz (vaf. 1946), fotosanʼatning amerikalik ustasi va nazariyachisi.
- 1879 —Edward Morgan Forster, ingliz yozuvchisi.
- 1887 —Wilhelm Kanaris (vaf. 1945), nemis admirali, aygʻoqchi.
- 1895 —John Edgar Hoover (vaf. 1972), amerikalik kriminalchi, advokat, siyosiy arbob,FBI asoschisi.
- 1898 —Viktor Ullmann (vaf. 1944), chex bastakori, dirijyor.
- 1899 —Juozas Antano Tallat-Kljapsha (vaf. 1949), Litva bastakori, dirijyor, musiqiy-ijtimoiy arbob, Litva sanʼatlarining xizmat koʻrsatgan arbobi.
1999-yil 1-yanvarda Ilyosbek Usmonov tugʻilgan hozirda 22 yoshda
Yana qarang:Turkum:1-yanvarda vafot etganlar