Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni:293 955
Yevro-2016 (inglizcha:2016 UEFA European Football Championship yokiEURO 2016) –Futbol boʻyicha oʻn beshinchiYevropa chempionati. Musobaqa2016-yilning10-iyunidan10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqadaIspaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. BiroqItaliya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtganfinal bahsidaPortugaliya terma jamoasiFransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi martaYevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.(Davomi...)
Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940,nemischa: Die Besetzung von Dänemark) —Uchinchi reyxningDaniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan.Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlariKopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlganOlborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan.(Davomi...)
Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov (1933-yil 23-noyabr,Namangan shahri,O‘zbekiston SSR,SSSR – 2018-yil 27-aprel,Toshkent,O‘zbekiston) –sovet vaoʻzbek matematikolimi, fizika-matematikafanlari doktori,professor (1969-yil),Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vaOʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademigi (1974-yil). Oʻzbekistondadifferensial tenglamalar sohasidagi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari.„Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974). 1974-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan. Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillardaOʻrta Osiyo davlat universitetining matematik analiz kafedrasidaoʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri,1959–1967-yillardaOʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, keyinchalik 1988–1994-yillarda akademiya prezidenti, 1985–1988-yillardaOʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentifarmonlariga asosan„Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni,„O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i“,„Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“,„Buyuk xizmatlari uchun“,„Fidokorona xizmatlari uchun“,„Mehnat shuhrati“ va„Hurmat Belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan. (Davomi...)