Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Bosh Sahifa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tanlangan maqola
Chempionat logotipi
Chempionat logotipi

Yevro-2016 (inglizcha:2016 UEFA European Football Championship yokiEURO 2016) –Futbol boʻyicha oʻn beshinchiYevropa chempionati. Musobaqa2016-yilning10-iyunidan10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqadaIspaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. BiroqItaliya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtganfinal bahsidaPortugaliya terma jamoasiFransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi martaYevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.(Davomi...)

Yaxshi maqola
Daniya operatsiyasi rejasi
Daniya operatsiyasi rejasi

Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940,nemischa: Die Besetzung von Dänemark) —Uchinchi reyxningDaniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan.Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlariKopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlganOlborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan.(Davomi...)

Xushsifat maqola
„Me at the zoo“ videoroligi

Me at the zoo“ (tarjimasi „Men hayvonot bogʻidaman“) —YouTube platformasiga yuklangan ilk videorolik. Videorolik 2005-yil 23-aprel kuni yuklangan. 19 soniyali rolikda YouTube asoschilaridan biri, oʻsha paytda 25 yosh boʻlganJawed KarimKaliforniyadagiSan Diego hayvonot bogʻida ikkitafil oldida turgani va ularning uzun xartumiga eʼtibor qaratayotgani aks etgan. 2024-yil 31-avgust holatiga koʻra, video 332 milliondan ortiq marotaba tomosha qilingan. Ushbu videoni Karimning oʻrta maktabdagi doʻsti Yakov Lapitskiy tasvirga olgan.Jurnalistlar „Me at the zoo“ roligini YouTubening havaskor kontentiga bir misol sifatida koʻrsatishadi. Bir nechta nashrlar uni veb sayt tarixidagi eng muhim rolik deb atagan. Karim YouTubening foyda olish uchun qiladigan harakatlarini tanqid qilish maqsadida bir necha bor video tavsifini tahrir qilgan. (Davomi...)

Tanlangan roʻyxatlar

Soʻnggi tanlangan roʻyxat

Bitta oldingi tanlangan roʻyxat

Yangiliklar
Volodimir Zelenskiy va Donald Trump uchrashuvidan lavha
Volodimir Zelenskiy va Donald Trump uchrashuvidan lavha
Bilasizmi?
Bilasizmi…
Xerox Alto kompyuteri
Xerox Alto kompyuteri
Tarixda bugun
Nikolay II
Nikolay II
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bosh_Sahifa&oldid=3850899" dan olindi

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp