Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni:315 152
Yevro-2016 (inglizcha:2016 UEFA European Football Championship yokiEURO 2016) –Futbol boʻyicha oʻn beshinchiYevropa chempionati. Musobaqa2016-yilning10-iyunidan10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqadaIspaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. BiroqItaliya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtganfinal bahsidaPortugaliya terma jamoasiFransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi martaYevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.(Davomi...)
Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940,olmoncha: Die Besetzung von Dänemark) —Uchinchi reyxningDaniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan.Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlariKopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlganOlborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan.(Davomi...)
Chashmai Ayyub xazirasi –OʻzbekistonningBuxoro viloyati,Vobkent tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XI–XIX). Bu qadamjo suv vaAyyub paygʻambar nomi bilan bogʻliq. Xazira 1208–1209-yillardaBurxoniy hukmdor sadr Abdulaziz II tomonidan 1017-yil vafot etgan hadisshunos olim Abu Saʼd al-Xarjushiy qabri ustiga bunyod etilgan. Olimlarning fikricha,Vobkent minorasini qurgan usta meʼmor Chashmai Ayyub xazirasini ham bino qilgan. Oʻrta asrlardaqadamjo vazifasini oʻtagan ushbuziyoratgohdadarveshlarxonaqosi vamasjid boʻlgan. Xazira peshtoqida yozilgan hadisMarkaziy Osiyo yodgorliklarida saqlanib qolgan eng qadimgi hadis namunalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda yodgorlik Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan. (Davomi...)
