Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Bosh Sahifa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tanlangan maqola
Chempionat logotipi
Chempionat logotipi

Yevro-2016 (inglizcha:2016 UEFA European Football Championship yokiEURO 2016) –Futbol boʻyicha oʻn beshinchiYevropa chempionati. Musobaqa2016-yilning10-iyunidan10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqadaIspaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. BiroqItaliya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtganfinal bahsidaPortugaliya terma jamoasiFransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi martaYevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.(Davomi...)

Yaxshi maqola
Daniya operatsiyasi rejasi
Daniya operatsiyasi rejasi

Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940,nemischa: Die Besetzung von Dänemark) —Uchinchi reyxningDaniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan.Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlariKopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlganOlborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan.(Davomi...)

Xushsifat maqola

Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov (1933-yil 23-noyabr,Namangan shahri,O‘zbekiston SSR,SSSR – 2018-yil 27-aprel,Toshkent,O‘zbekiston) –sovet vaoʻzbek matematikolimi, fizika-matematikafanlari doktori,professor (1969-yil),Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vaOʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademigi (1974-yil). Oʻzbekistondadifferensial tenglamalar sohasidagi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari.„Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974). 1974-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan. Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillardaOʻrta Osiyo davlat universitetining matematik analiz kafedrasidaoʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri,1959–1967-yillardaOʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, keyinchalik 1988–1994-yillarda akademiya prezidenti, 1985–1988-yillardaOʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentifarmonlariga asosan„Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni,„O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i“,„Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“,„Buyuk xizmatlari uchun“,„Fidokorona xizmatlari uchun“,„Mehnat shuhrati“ va„Hurmat Belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan. (Davomi...)

Tanlangan roʻyxatlar

Soʻnggi tanlangan roʻyxat

Bitta oldingi tanlangan roʻyxat

Bilasizmi?
Bilasizmi…
Xerox Alto kompyuteri
Xerox Alto kompyuteri
Tarixda bugun
Gibel g-ji Blanshar
Gibel g-ji Blanshar

Tavallud topganlarVafot etganlar

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bosh_Sahifa&oldid=3850899" dan olindi

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp