Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni:330 735
Yevro-2016 (inglizcha:2016 UEFA European Football Championship yokiEURO 2016) –Futbol boʻyicha oʻn beshinchiYevropa chempionati. Musobaqa2016-yilning10-iyunidan10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqadaIspaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. BiroqItaliya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtganfinal bahsidaPortugaliya terma jamoasiFransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi martaYevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.(Davomi...)
Toshkent mozaikalari —Oʻzbekiston poytaxtiToshkent shahrida 1960—1980-yillar oraligʻida barpo etilgan monumental mozaika sanʼati namunalari. Mazkur mozaikalar madaniy meros obyekti sanalad Bu mozaikalar shaharning sovet modernizmi ruhida qayta qurilishi jarayonida, ayniqsa,1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin boshlangan keng qamrovli arxitektura va bezak sanʼati dasturlari doirasida vujudga kelgan. Asosan XX asrning 60-yillari oxiridaToshkent shahridagi yangi turarjoy majmualarining devorlariga terib chiqilgan. Mozaikalarning yaratilishi, bir tomondan, shaharga zamonaviy qiyofa berish, ikkinchi tomondan esa mehnat, xalqlar doʻstligi, tinchlik va ilm-fan rivoji kabi ideologiyalarni targʻib qilishga qaratilgan.Sovet Ittifoqi ommaviy monumental mozaikani badiiy mahorat va gʻoyalarni yetkazishning mukammal kombinatsiyasi sifatida koʻrgan. Badiiy ijod erkinligiga cheklovlar mavjud boʻlgan boʻlsa-da, koʻplab rassomlar ushbu sharoitda ham oʻziga xos individual uslublar yaratishga muvaffaq boʻlishgan. (Davomi...)
Filippin 1924-yil 4-maydan 27-iyulgachaFransiyaningParij shahrida boʻlib oʻtganYozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu mamlakatningYozgi Olimpiada oʻyinlaridagi debyut ishtiroki boʻlgan. Filippin, shuningdek, butunJanubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida Yozgi Olimpiadada ishtirok etgan ilk mamlakat hisoblanadi. Delegatsiya tarkibidasprinterDavid Nepomuceno hamda ikki nafar rasmiy shaxslar attashe B. Minelle hamda murabbiy va ijrochi ofitser Regino Ylanan bor edi. Yana ikki nafar sportchi Fortunato Catalon vaJuan Taduran ham oʻyinlarda ishtirok etishi kerak edi, ulardan Catalon Parijga yetib kelgan boʻlsa-da, musobaqada qatnashmagan, Taduran esa yelka suyagini sindirib olganligi sababli musobaqada ishtirok eta olmagan. Biroq shunga qaramay, Taduran delegatsiya tarkibida Filippin vakili sifatida oʻyinlarga tashrif buyurgan. (Davomi...)