Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Xudo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xudo (forscha:خدا) — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiykuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda xudo butun olamni yaratuvchi sifatida eʼtirof etiladi. Xudo turlitaʼlimotlarda turlicha talqin qilinadi. Aslini olganda xudo nazariyasi aniq ilmiy asoslanmagan nazariyadir. Qadimgi diniy eʼtiqodlarda xudolarga sigʻinish boʻlmay, jonsiz narsalarga, jon va ruhga, hayvon va oʻsimliklarga topinilgan (qarang:animizm,fetishizm,totemizm). Sharqda keng tarqalgan panteistik qarashlarda (qarang:panteizm) xudo tabiatning oʻzida, xudo va tabiat bir butunlikni tashkil etadi deb qaralgan.Zardushtiylikda ikki xudo — yorugʻlik, yaxshilik xudosi Ahuramazda va qorongʻulik, yomonlik xudosi Anxramaynu (Axriman) bir-biriga qaramaqarshi qoʻyilgan. Qadimgi Sharq dinlarida va boshqa politeistik (qarang:politeizm) dinlarda juda koʻp xudolarga eʼtiqod kilinib, ulardan biri bosh xudo, qolganlari ikkinchi darajali xudolar hisoblangan. Bunga yunon mifologiyasidagi xudolar iyerarxiyasi misol boʻla oladi. Monoteistik dinlarda (qarang:monoteizm) bitta xudoga sigʻinilgan. Buddizmda dastlab xudolarga sigʻinish inkor etilgan boʻlsada, keyinchalik Buddanint oʻzi xudo deb tanilgan, bu dinda u bilan birga boshqa xudolar ham bor. Hinduiylikdya asosiy xudolar — Vishnu va Shiva. Iudaizmdagi xudo — Yahva dastlab qabila xudosi va mahalliy xudo boʻlgan, qad. yahudiilarning birlashishi va Yahudiy podsholiginij tashkil etilishi bilan hamma yahudiylarning xudosiga, keyinchalik esa qudratli, yagona xudoga aylangan. Xristianlikda xudo mohiyatan yagona, lekin 3 qiyofada (ota xudo, oʻgʻil xudo, muqaddas ruh xudo) namoyon boʻladi. Islom dinida yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilinadi. Unga eʼtiqod qilish bu dinning asosiy aqidasi. Xudoga eʼtiqod qilish, xudodan qoʻrqish har qanday dinga xos.

Taʼrifi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Monoteistik dinlarda xudoolamning yaratuvchisi va hukmdori sifatida koʻriladi. Zamonaviyteologiyaga koʻrailmiy metodlar bilan aniqlanmaydi.Yahudiylik va undan kelib chiqqan dinlarga koʻra xudohamma narsaga qodir, hamma narsadan boxabar va mutlaqezgudir.Xudoni bitta deb koʻruvchi dinlar monoteistik dinlar deb ataladi. Xudolar bir emas, bir nechta, deb hisoblovchi dinlarpoliteistik dinlar deyiladi. Xudo olamni yaratgan, lekin unga boshqa aralashmagan,paygʻambarlar,dinlar,kitoblar yubormagan, degan falsafiy qarash esadeizm deb nomlanadi.Xudoning borligiga ishonmaslikateizm deb ataladi.

Etimologiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Oʻzbekchaxudo soʻziforschaxodā (خدا) soʻzidan olingan boʻlib, u esa oʻz navbatidaroman-german tillaridagigod,gott,gud (hammasiqadimiy olmon tilidagi*ǥuđándan kelib chiqqan) soʻzlari bilan oʻzakdoshdir.

Xudoning mavjudligi borasidagi bahs

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Xudoning mavjudligi

Xudoning mavjudligi yoki emasligi haqidaOʻrta Asrlardan berifalsafiy munozaralar olib borilgan. Bunda ilk muammo shundaki, xudoning oʻzi kimligi va qandayligi, taʼrifi keskin aniq qilib tayinlanmagan. Xudo mavjud emas, deb fikrlovchi faylasuflarolamni anglashda unga hojat yoʻqligini uqtirishadi.

Xudo haqidagi tasavvurlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Monoteistik qarashlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Islom

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Islomda xudoAlloh (arabchada ﷲ) deb nomlanadi. Bu soʻzAl-Iloh soʻzidan kelib chiqqan, bu yerdaal-prefiksi arab tilidagiartikl,iloh esa „xudo“ deb tarjima qilinadi.Qur'onga koʻra Alloh yagona, abadiy, tugʻmagan va tugʻilmagandir hamda unga teng keladigani yoʻq[1].

Xristianlik

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Xristian qarashlarga koʻra xudo yolgʻiz va yakka boʻlsa-da, oʻzini uch koʻrinishda namoyon etishi mumkin:Ilohiy Ota,Ilohiy O'g'il (Iso Masih) vaMuqaddas Ruh (baʼzi manbalarga koʻraIlohiy Muqaddas Ruh)[2].

Yahudiylik

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yahudiylikning muqaddas, deb hisoblanuvchimil. avv. 3760 yilda yozilganTavrot kitobiga koʻra xudo yakkadir va u olamni yaratgandir. Bu monoteizmning boshlanishi deb qaraladi.Yahudiy xudosiYahve (YHWH) deb ataladi.

Politeistik qarashlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qadimgi Rim va Yunon mifologiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qadimgi Rim vaYunonmifologiyalariga koʻra xudolar koʻpdir, va ularning har biri biror tayin tabiy hodisa yoki osmon jismini ifoda etadi.

Hinduiylik

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Vedalarga koʻra 33 xudo bor, lekin baʼzi hinduiy manbalarga koʻra ularning soni 3399 tadir.

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Al-Ixlos surasi, 1-4-oyatlar
  2. arxiv nusxasi, 2007-09-29daasl nusxadan arxivlandi, qaraldi:2007-07-12

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiiqtibosdaXudoga tegishli iqtiboslar mavjud.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xudo&oldid=5336841" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp